4 Oktyabr 2024 Yil 167

Profilaktik tadbirlar jinoyatchilikka qarshi kurashning usullaridan biridir

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning tarqatilishiga qarshi kurashish va oldini olish poytaxtimiz ichki ishlar organlari xodimlari oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.


Hozirda Toshkent shahar IIBB, Davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan jinoyatchilikni oldini olish bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni aniqlash va ushlash bo‘yicha hamkorlikda tezkor profilaktik tadbirlar oyligi o‘tkazilmoqda.


Maxsus oylik doirasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning qonunga xilof ravishda muomalasi bilan shug‘ullangan shaxslarni aniqlash bilan bir qatorda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan turli tashkilot va muassasalarda targ‘ibot tadbirlari ham olib borilmoqda.


Jumladan, Bektemir tumani IIO FMB masʼul rahbarlari tomonidan hududda joylashgan korxonalarning birida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.


Huquq-tartibot idoralari xodimlari yig‘ilganlar oldida so‘zga chiqib, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning inson organizmiga salbiy taʼsiri haqida maʼlumot berdilar. Giyohvandlik vositalarini saqlash va tarqatish qonun bilan jazolanishini eslatib o‘tdilar. Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

Barcha yangiliklar

Text to speech