13 Yanvar 2022 Yil 1533

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan professional ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda

2022 yil 12 yanvar kuni toshkent shahar iibb boshlig‘ining o‘rinbosari- ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlarlar bilan ta'minlash xizmati boshlig‘i polkovnik Choriev A.O. tomonidan Toshkent shahar IIBB YHXB shaxsiy tarkibi bilan psixologik vaziyatlar bo‘yicha seminar mashg‘uloti o‘tkazildi. Tadbir davomida shaxsiy tarkib bilan psixologik test sinovlari o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad jamoa sharoitida kasb faoliyatini olib borishga o‘rgatish, shuningdek bir qator zarur ko‘nikmalarni hosil qilish edi. Bundan tashqari, xodimlar muntazam ravishda stress holatlarini va ishdagi boshqa qiyinchiliklarni yengishni o‘rganmoqdalar.
Toshkent shahar IIBB bo‘linmalarida muntazam ravishda o‘tkaziladigan psixologik tadbirlar, ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyatini takomillashtirish, ish samarasini oshirish va talab etiladigan standartlarga muvofiqlikni ta'minlash imkonini beradi.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: