25 Iyul 2024 Yil 1444

Probatsiya xizmati xodimlari o‘quv mashg‘ulotlarini davom ettirishmoqda

Toshkent shahar IIBBda Probatsiya xizmati xodimlari o‘rtasida xizmat, jangovar i axloqiy-psixologik mashg‘ulotlar davom ettirilmoqda. Navbatdagi mashg‘ulotlarda shahar IIBB Probatsiya boshqarmasi hamda tuman IIO FMB Probatsiya bo‘lim (guruh) lari shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.


Mashg‘ulotlar davomida Probatsiya xizmati faoliyatiga oid Ichki ishlar vazirligining buyruq va ko‘rsatmalari ijrosini taʼminlashga eʼtibor qaratilmoqda.


Jumladan, IIV masʼul xodimlari tomonidan Probatsiya xizmati nazoratida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar bilan profilaktik ishlarni olib borish to‘g‘risida tushuncha berib o‘tildi. Shu bilan birga, IIV “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi” buyrug‘ining mazmun-mohiyati tushuntirildi


Mashg‘ulotlar yakunida kelgusida xodimlarni sohasi bo‘yicha bilim, tajriba va ko‘nikmalarini, shuningdek, jismoniy va jangovar shayligini yana-da oshirish, odimlarni o‘z xizmat vazifalarini qonuniylikka qatʼiy amal qilgan holda bajarishlari yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech