19 Oktyabr 2024 Yil 843

Poytaxtimizda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi doirasida profilaktika tadbirlari davom etmoqda

Toshkent shahar IIBB va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi doirasida targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Kuni kecha Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) Toshkent shahri filialida mazkur oylikka bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ichki ishlar organlari xodimlari yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurashish muhimligini taʼkidlab, dolzarb statistik maʼlumotlar va qiziqarli faktlarni taqdim etdi. Muhokama chog‘ida giyohvandlikni oldini olishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar, giyohvandlik vositalariga bo‘lgan talabni kamaytirish strategiyalari ko‘rib chiqildi. Yoshlarda salbiy taʼsirlarga nisbatan barqaror immunitetni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarning ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratildi.

Yana bir tadbir Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti talaba-yoshlari bilan o‘tkazildi. Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB xodimlari yoshlar o‘rtasida uchrayotgan umumiy muammolar, jumladan, giyohvandlikka qarshi kurashish borasida so‘z yuritdi. Shuningdek, kiberjinoyatchilikka oid masalalar va uning oldini olish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Inxa universitetida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi va talabalar o‘rtasida giyohvandlik vositalarining zarari haqida profilaktik suhbat o‘tkazildi hamda ichki ishlar organlari tomonidan giyohvand moddalarni isteʼmol qilish va noqonuniy tarqatish bilan shug‘ullangan shaxslarni qo‘lga olish borasida olib borilayotgan ishlar aks ettirilgan videorolik namoyish etildi.


Barcha yangiliklar

Text to speech