6 Avgust 2024 Yil 1611

Panjara yasovchi usta firibgarlikda gumonlanmoqda

Yangihayot tumani ichki ishlar organlariga 36 yoshli Javlon U. murojaat qilib, 2022 yil sentyabr oyida 51 yoshli Qobul Sh. o‘zini panjara yasovchi usta sifatida tanishtirib, buyurtmani qisqa muddatda tayyorlab berishni vaʼda berganini, o‘z xizmati uchun 18 mln so‘m olib, biroq shu kunga qadar vaʼdasini bajarmaganini maʼlum qilgan. Tergovga qadar tekshiruv jarayonida Qobul Sh. pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar, sizga panjara yasovchi ustaman deb o‘zini tanishtirgan har kimga ham ishonib, o‘z pullaringizni berib yubormang. Ustaxona bilan tanishtirishni, o‘z ish namunalarini va mijozlarning sharhlarini ko‘rsatishni so‘rang.


Barcha yangiliklar

Text to speech