“Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining talabalari uchun tadbir tashkil etildi. Tadbirda tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Mirzaraimov, uning o‘rinbosari Bahodir Yormatov, institut o‘qituvchi va talabalari hamda boshqa mas'ul xodimlar ishtirok etdi.
“Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” shiori ostida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda asosiy e'tibor bugungi kunda dolzarb bo‘lib turgan giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi hamda kiber jinoyatlarga qarshi kurash mavzulariga qaratildi.
Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi - bu jamiyat uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi muammo bo‘lib, inson salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, yosh avlodni bunday salbiy oqibatlardan himoya qilish, bilib bilmay giyohvandlik ko‘chasiga kirib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik har bir insondan ogohlikni talab etadi. Shuning uchun, giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish jamiyatning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Uchrashuvda shu kabi masalalar haqida so‘z bordi. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga mas'ul xodimlar tomonidan batafsil javob berildi.
Xuddi shunday targ‘ibot tadbiri Yangi O‘zbekiston universitetida ham tashkil etildi. Uchrashuvda tuman IIO FMB boshlig‘ining o‘rinbosari Farhod Jabborov so‘zga chiqib, giyohvandlik illatining salbiy jihatlari, sog‘liq va ruhiyatga zararlari hamda ta'sirlari, giyohvandlik bilan shug‘ullanishning huquqiy oqibatlari haqida ma'lumotlar taqdim etdi.
Shuningdek, mazkur oylik doirasida Vrachlar malakasini oshirish institutida Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi Boxodir Gaibnazarov, tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Mirzaraimov, tuman Davlat xavfsizlik xizmati hamda maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari, mahalla raislari, tumandagi barcha umumta'lim maktabi direktorlari va mahalla yoshlar yetakchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
“Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvda asosiy e'tibor bugungi kunda dolzarb bo‘lib turgan giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi hamda kiber jinoyatlarga qarshi kurash mavzulariga qaratildi.
Bu kabi tadbirlar poytaxtning barcha tumanlarida o‘tkazilib kelinmoqda.