28 Iyul 2024 Yil 1519

Olmazor tumani 3-sektor rahbari yoshlar bilan uchrashdi

Kuni kecha Olmazor tumani IIO FMB boshlig‘i, 3-sektor rahbari polkovnik Maxkam Vafoev sektor hududida yashovchi va horijiy migratsiyada yurgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda jami 16 nafar yoshlar ishtirok etib, ularning 11 nafarining armiya to‘lovini qoplab berish, ID-karta olish, subsidiya va kredit bilan bog‘liq muammolari ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlarni belgilangan muddatlarda hal etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

O‘tkazilgan uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad – yoshlar muammolarini o‘rganish va ularni hal etish bo‘lib, horijda ta'lim olayotgan yoki ishlayotgan yosh fuqarolarning oilalariga ko‘mak berishdir. Zero, har bir yoshning taqdiri bu – millatning taqdiridir!


Barcha yangiliklar

Text to speech