18 Yanvar 2025 Yil 388

Oylik doirasida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

“Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasida Yakkasaroy tumanidagi 160-sonli umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari uchun tadbir tashkil etildi.

Uchrashuvda tuman IIO FMB mas’ul xodimlari so‘zga chiqib, yoshlarga ijtimoiy tarmoqlar orqali mo‘may daromadli ish deya taklif etilayotgan giyohvand moddalar savdosiga aralashib qolmaslik, bunday holatlarning guvohi bo‘lganda esa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga darhol xabar berish lozimligini qayd etishdi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.

Bu kabi tadbirlar poytaxtning barcha tumanlarida o‘tkazilib kelinmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech