18 Yanvar 2025 Yil 381

Oylik doirasida Shayxontohur tumanida olib borilgan targ‘ibot tadbirlari to‘g‘risida

Shayxontohur tumani IIO FMB xodimlari tashabbusi bilan “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasida Shayxontohur tuman kasb-hunar maktabi, Renessans ta’lim universiteti hamda 186-sonli maktabda “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida uchrashuvlar o‘tkazildi. Tadbirda talaba yoshlar, maktab o‘quvchilari va o‘qituvchi-murabbiylar ishtirok etdi.

Uchrashuvda tuman IIO FMB mas’ul xodimlari so‘zga chiqib, yoshlar orasida giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalarni iste’mol qilish holatlari ortayotganligi sababli ular tomonidan jinoyatlar sodir etilayotganini, shuningdek, giyohvandlikning salbiy oqibatlari, ayrim yoshlarning ushbu illat ta’sirida o‘z kelajagini barbod qilayotganligini qayd etishdi.

Tadbir yakunida giyohvandlikka qarshi kurashishni umummilliy harakatga aylantirish, bu borada huquqiy targ‘ibot tadbirlarining ta’sirchanligini yanada oshirish, ushbu jinoyatga qo‘l urgan shaxslarga esa, jazo muqarrarligini qat’iy ta’minlash lozimligi qayd etildi.

Ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Bu kabi tadbirlar poytaxtning barcha tumanlarida o‘tkazilib kelinmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech