2 Avgust 2024 Yil 1422

Yunusobod tumani 3-sektorining yoshlar bilan olib borayotgan ishlari

Yunusobod tumani 3-sektor hududidagi 16 mahallalarda 11 mingdan ortiq yoshlar yashaydi. Har bir yoshni bandligini taʼminlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, taʼlim olishi va kasb-hunarga o‘rganishi yuzasidan sektorda maqsadli ishlar olib borilmoqda.


Yoshlar xatlovdan o‘tkazilib, qanday muammolari borligi aniqlandi va masʼullar tomonidan ularning muammolari hal etiladi.


Joriy yilning boshidan 3-sektor rahbari polkovnik Abdumajid Shermuhamedov tomonidan sektor hududida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan 28 marotaba uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda jami 122 ta murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlardan 91 tasi hal etilgan, 28 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lib, qolgan 3 tasi hal qilish jarayonida.


Yaqinda tuman 3-sektoriga biriktirilgan Qashqar mahallasida navbatdagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuv davomida sektor rahbari A. Shermuhamedov yoshlarning muammo va istaklarini tingladi. Ularning aksariyati ijobiy hal etildi. Bundan tashqari, xorijdagi 3 nafar yoshlar bilan ijtimoiy tarmoq orqali suhbatlashilib, ularning muammolari tinglandi.


Bu kabi o‘rganishlar barcha tumanlarda davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech