7 Sentyabr 2024 Yil 1095

Yashnobod tumanida jinoyat muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Yashnobod tumani “Arbait” mahallasida sodir etilgan talonchilik jinoyati muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda IIBB JTSB boshlig‘i podpolkovnik B.Anvarov va Yashnobod tumani IIO FMB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik A.Nurmatov hamda tuman IIB masʼul xodimlari, mahalla faollari ishtirok etishdi.


Yig‘ilishda o‘zganing mol-mulkini ochiqdan-ochiq talon taroj qilish bilan bog‘liq talonchilik jinoyatining muhokamasi o‘tkazildi. Muhokamada mazkur jinoyatning kelib chiqish sabablari, unga omil bo‘lgan shart-sharoitlar birma-bir tahlil qilindi. Shuningdek, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar borasida so‘z yuritildi. Mahallada kelgusida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida “xonadonbay”, “oilabay” va “fuqarobay” tizim, “xavfsiz hudud” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Barcha yangiliklar

Text to speech