8 Iyul 2024 Yil 1761

Navbatdagi maxsus o‘quv kurslari yakunlari haqida

Xabaringiz bor, joriy yilda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida Toshkent shahar IIBB rahbariyati tashabbusi bilan tashkil etilgan o‘quv kurslarining 3-bosqichi yakunlandi. o‘quv kurslarida 30 nafar profilaktik ro‘yxatda turuvchi 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar ishtirok etdi.

Bir oy davomida bolalar uchun o‘quv mashg‘ulotlari va sport tadbirlari o‘tkazildi. O‘smirlarning ota-onalari bilan individual profilaktik suhbat va maxsus treninglar tashkil etildi. Markaz mutaxassislari o‘smirlar ota-onalarining har bir murojaatini o‘rganib, oiladagi muammolarni hal etish choralarini ko‘rdi. Shuningdek, manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ota-onalar orasida ishsiz bo‘lganlariga ishga joylashishda amaliy yordam berildi.

Shu bilan birga o‘smirlar va ularning ota-onalari bilan munosabatlarni yaxshilash uchun psixologik treninglar o‘tkazildi. O‘smirlar malakali shifokor va hamshiralar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, malakali mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari bilan “Sog‘lom tanda, sog‘lom fikr” shiori ostida sport tadbirlari, intellektual o‘yinlar, kitobxonlik kechalari o‘tkazildi. Bundan tashqari voyaga yetmagan o‘g‘il bolalarda Vatanparvarilik hissini uyg‘otish va harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtiga tashrif buyurib, ushbu bilim yurtining tarixi, muzeyi, faoliyati hamda kursantlarning o‘quv mashg‘ulotlar xonasi bilan tanishib oldilar. Toshkent shahar IIBB TVBSB hamda Toshkent shahar IIBB JTSB Kinologiya xizmatiga ham tashrif uyushtirildi. Tarbiyalanuvchi yoshlar u yerda ham kuch vositalar va Kinologiya xizmati xodimlarining xizmat faoliyati hamda xizmat itlarining turlari, ularning vazifalari bilan tanishib chiqdilar.

Dastur doirasida poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasining maxsus bo‘linmalariga, teleminoraga ekskursiyalar, poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari bilan tanishish, hayvonot bog‘iga sayohatlar tashkil etildi.

O‘quv kursi yakunida o‘smirlarga sport maktablarida sport bilan bepul shug‘ullanishlari uchun “Sertifikat”lar topshirildi.


Barcha yangiliklar

Text to speech