15 Iyun 2024 Yil 1406

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘tkazgan fuqarolar qabulida bir qancha masalalar joyida hal etildi

Maʼlumki, Toshkent shahar IIBB rahbariyati va masʼul xodimlari o‘zining asosiy faoliyati bilan birga doimiy tarzda fuqarolar murojaati bilan ham ishlab keladi. Shu jumladan, joylardagi aholi vakillari bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan masalalarni hal etish yuzasidan amaliy harakatlarni olib bormoqda.


Kuni kecha Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi


Qabul davomida bosh boshqarma boshlig‘i 25 nafar fuqarolarning murojaatlari, muammolarini tinglab, arizalarini qabul qildi.


Murojaatlarda asosan tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlar doirasidagi, MMI va KBTX ga taalluqli masalalar ko‘tarildi.


Har bir murojaat nazoratga olinib, qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqishning aniq muddatlari belgilandi. Shu yerning o‘zida bir qator murojaatlar ijobiy hal etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech