8 Iyul 2024 Yil 2064

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Muomala madaniyati – xodimning maʼnaviy qiyofasi” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti vakili professor Aʼzam Xoliqov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, muomala madaniyati xodimning maʼnaviy qiyofasini belgilashini,maʼnaviy qiyofa esa kitob o‘qish, bilim olish, ko‘rgan-bilganlardan xulosa chiqarish orqali shakllanishini taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Tadbir yakunida ayrim xodimlarga navbatdagi unvonlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech