11 Mart 2025 Yil 1235

Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan YTH haqida ma'lumot

2024 yilning 7 noyabr kuni soat taxminan 13:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, Yangi O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan avtoturargohlarning birida, haydovchi voyaga yetmagan 2008 yilda tug‘ilgan S.P. “Mercedes Benz” rusumli, davlat raqam belgisi 01 Q 555 BB bo‘lgan avtomashinada harakatlanib, 2 nafar piyodani (2003 yilda tug‘ilgan J.S. va 2006 yilda tug‘ilgan Sh.E.) urib yuborgan.

Natijada jabrlanuvchilar shifoxonaga olib borilgan. Sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, fuqaro Sh.E. ning holati og‘irlik darajasi bo‘yicha yengil tan jarohati, fuqaro J.S. esa “og‘ir” tan jarohati deb baholangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari tamomlanib, tegishli tartibda sudga yuborish chorasi ko‘rilmoqda.

Barcha yangiliklar

Aprel
2025
YakDuSeChorPayJuSha

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: