14 Sentyabr 2024 Yil 723

Mirobod tumani IIO FMB xodimlari hamda Milliy gvardiya inspektor-psixologi o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabda “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish”, "Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikni oldini olish", “kiber jinoyatlar”, “Terrorizmga qarshi kurash” kabi dolzarb mavzularga bag‘ishlangan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Mirobod tumani IIO FMB masʼullari, Milliy gvardiya inspektor-psixologlari hamda mazkur taʼlim muassasasining 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni kamaytirish va oldini olish samaradorligini oshirish yo‘llarini izlash ichki ishlar organlari xodimlari oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Bu mavzularning har biri alohida muhokamaga loyiq bo‘lib, yig‘ilganlar oldida so‘zga chiqqan huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘z maʼruzasida har bir mavzuga birma-bir to‘xtalishdi. Shuningdek, o‘z tajribalaridan kelib chiqib, aniq misollarni ham keltirishdi.

Tadbir so‘ngida yoshar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Bu kabi tadbirlar huquq-tartibot idoralari va yosh avlod o‘rtasida konstruktiv muloqot o‘rnatish imkonini beradi va barcha maktablarda o‘tkazib kelinmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech