21 Iyul 2024 Yil 1160

Mebel yasab berishni va'da qilib, va'dasida turmagan shaxslar firibgarlikda gumonlanmoqda

Shayxantohur tumani IIO FMBga 40 yoshli Akmal K. ariza bilan murojaat qilib, 2023 yil 19 dekabr kuni 38 yoshli Muzaffar R. va 29 yoshli Abdurasul K. lar buyurtma asosida mebel yasashni va'da qilishdi. O‘z xizmatlari uchun 14 500 AQSh dollari olgan yolg‘onchi ustalar va'dasini bajarmagan. Erkaklar pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yubordi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar, mebel yasashga faqat ishonchli ustalardan buyurtma qilishni va faqat tayyor mahsulot olganingizdan so‘ng pulini to‘lashni tavsiya qilamiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech