Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Islohotlar inson, uning qadri uchun” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti dekani Isoqtoy Jumanov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, mamlakatimizda islohotlar tizginida inson qadri oliy qadriyat sifatida ulug‘lanayotganligini, bu esa dunyoga yuz ochgan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yangi sahifalar ochilishiga xizmat qilishi bilan nihoyatda ahamiyatli ekanligini alohida taʼkidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etilib, Toshkent shahar IIBB tizimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi ekspert” tanlovi g‘oliblariga mukofotlarni tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.