11 May 2024 Yil 1707

Maxsus o‘quv kursining navbatdagi bosqichi yakunlandi

Poytaxt hududida yashovchi profilaktik hisobga olingan  15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kelgusida respublikamiz  ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan, komil insonlar bo‘lib yetishishiga qaratilgan dastur bo‘yicha o‘tkazilgan  tadbirning 2024 yildagi 2-bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.


Mutasaddi tashkilotlar hamkorligida  ishlab chiqilgan Qo‘shma dasturning ijrosini taʼminlash borasida bir oy davomida jalb etilgan 30 nafar ishtirokchilar uchun Toshkent shahar IIBB HPB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida bir qator tadbirlar o‘tkazildi.


Kuni kecha bo‘lib o‘tgan yopilish marosimida Toshkent shahar prokuraturasi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, shahar Mudofaa ishlari boshqarmasi, shahar maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi, shahar Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmalari rahbariyati hamda Markaz tarbiyalanuvchilarining ota-onalari ishtirok etishdi. Tadbirda amalga oshirilgan ishlarning  samarasi  qayd etilib, tarbiyalanuvchilarda kuzatilgan ruhiy, maʼnaviy, jismoniy o‘zgarishlarga urg‘u berildi.


Ushbu qo‘shma dastur asosida o‘tkazilgan 2-bosqich yakuniy tadbiri so‘ngida faol ishtirok etgan hamkor tashkilot mutasaddi rahbar xodimlarining mehnatlari eʼtirof etilib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi, Ichki ishlar, Mudofaa vazirligi, “Vatan faxriylar fondi” tomonidan medal va ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.


Tadbirda ishtirok etgan voyaga yetmagan yoshlarga Toshkent shahar IIBB boshlig‘i va homiylar tomonidan esdalik sovg‘asi sifatida sport kiyim-boshlari, anjomlari hamda yashash hududlaridagi sport maktablarida bepul shug‘ullanishlari uchun sertifikatlar taqdim etildi.


Bu kabi tadbirlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalab, kelajakda yurtiga sodiq farzandlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: