6 Avgust 2024 Yil 1320

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Mahalla – qadriyatlar maskani” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti vakili psixologiya fanlari doktori, professor Feruza Akramova maʼruza qildi. U o‘z nutqida, mahalla – tinchlik va osoyishtalik poydevori, ahillik, hamjihatlik, maʼrifat, milliy qadriyatlar, anʼana hamda urf-odatlar shakllangan maskan hisoblanishini, azaldan bu maskanda keksalarga hurmat-u yoshlarga izzat, muhtojlarga muruvvat ko‘rsatish kabi ko‘plab ibratli milliy va diniy qadriyatlar hukmron bo‘lib kelayotganligini taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi hamda “Saylov-2024” nomli videorolik namoyish etildi. 


Barcha yangiliklar

Text to speech