26 Noyabr 2024 Yil 507

Ekspert-kriminalistlar oʻquvi

        Jinoyat sodir etilgan voqea joyiga tezkor-tergov guruhi tarkibida albatta ekspert-kriminalist ham chiqadi. Uning oʻz ishini qanchalik puxta va mohirona olib borishi jinoyatni tezkor ochish va jinoyatga jazo muqarrarligini taʼminlashda muhim oʻrin tutadi. Kuni kecha Toshkent shahar IIBB da “Sayyor Akademiya” dasturi asosida oʻtkazilgan oʻquv-seminar mashgʻulotlari aynan shu soha xodimlarining faoliyatiga bagʻishlandi. Unda poytaxt IIBB Ekspert-kriminalistika markazi va tumanlar IIO FMB boʻlinmalari ekspert-kriminalistlari ishtirok etishdi. Mashgʻulotlarni olib borgan IIV Akademiyasi Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi boshligʻi oʻrinbosari, kapitan F.Sobirov seminar qatnashchilariga ekspertizalarni oʻtkazishda protsessual, uslubiy va texnik talablarga amal qilish zarurligi, mavjud muammolar va ularning yechimlariga toʻxtaldi. Bugungi jinoyatlarni ochishda qoʻllanilayotgan ilgʻor texnika imkoniyatlari va dunyo tajribalari haqida maʼlumotlar berdi. Shuningdek, maʼruzachi seminar qatnashchilarining mavzular yuzasidan savollariga batafsil javoblar berib, xodimlarning kelgusidagi xizmat faoliyatlarida bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha zarur yoʻnalishlarni koʻrsatib oʻtdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech