25 Iyul 2024 Yil 2101

Korxonadan kabel o‘g‘irlaganlikda gumonlanuvchi shaxslar qo‘lga olindi

Sergeli tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning 23 iyul kuni soat taxminan 06.00 da, nomaʼlum shaxslar MCHJning biriga kirib, 15.649.000 so‘mlik 101 metrlik kabel  o‘g‘irlab ketilgan.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchilar 29 yoshli Abbos K., 23 yoshli Otabek R., 21 yoshli Samandar V. Va 46 yoshli Ulugbek X. lar aniqlanib qo‘lga olindi. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech