13 Avgust 2024 Yil 1588

Yakkasaroy tumani 3-sektor rahbari yoshlar bilan uchrashdi

Bugungi kunda Toshkent shahar IIBB va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, joylarda o‘tayotgan rahbar va yoshlar uchrashuvlari yoshlarimizning muammolarini hal etishda kutilgan natijalarni bermoqda.


Yaqinda Yakkasaroy tumani Konstitutsiya mahallasida tuman IIO FMB boshlig‘i – 3-sektor rahbari podpolkovnik Alisher Murodov ishtirokida yoshlarning muammo va murojaatlari o‘rganildi. Uchrashuvda 28 nafar yoshlar ishtirok etdi. Bunda asosan yoshlar bandligini taʼminlash, moddiy yordam, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kreditlar ajratish kabi bir qator masalalarga qonuniy yechim topish choralari ko‘rildi.


Masalan, Yunus Rajabiy mahallasida yashovchi 25 yoshli Azizbek Bakirov suhbat chog‘ida ishga joylashishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Mazkur murojaatni ijobiy hal etish bo‘yicha tuman bandlikka ko‘maklashish markazi rahbari va mahalla xokim yordamchisiga ko‘rsatma berdi.


Bundan tashqari uchrashuv davomida 3-sektor rahbari Rakatboshi mahallasida yashovchi fuqaro 23 yoshli M. A. bilan suhbat olib borganda, uning yosh oilasi notinchligi, ajrim yoqasida ekanligi bo‘yicha murojaat qildi. Fuqaroning turmush o‘rtog‘i Yu. A. bilan tushuntirish ishlari olib borilib, oila yarashtirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech