16 Avgust 2024 Yil 1466

Jo‘jani kuzda sanaydilar

Uchtepa tumani IIO FMBga 43 yoshli Orif T. murojaat qilib, 33 yoshli Umidjon S. 22 iyun kuni unga tegishli tovuq gusht mahsulotlarini qimmat narxda sotib berishini va'da qilganligini bayon etgan. Biroq Umidjon tadbirkorning ishonchini suiiste'mol qilgan holda undan jami 136.800.000 so‘mlik mahsulotni olib, keyinchalik sotib yuborgan holda va'dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Ogoh bo‘ling, mahsulotingizni qimmat narxlarda sotib berishda yordam taklif qilayotgan firibgarlarning va'dalariga ishonib qolmang.


Barcha yangiliklar

Text to speech