25 Iyul 2024 Yil 967

Ishtahasi “karnay” ishchi

Kimdir sizni  ishga olgan bo‘lsa, demak u sizga ishonch bildirgan bo‘ladi. Inson halol maoshga oila, ro‘zg‘orini tebratish, hayotini yaxshilash, o‘zi, yaqinlariga yashash uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida ishga kiradi. Ammo Ziyodullaning bu borada fikri tamoman boshqacha ekan. U aviachiptalarni  sotish bilan shug‘ullanuvchi Qodirjonga tegishli xususiy korxonada  ish boshladi. Korxonaga tegishli pullarni o‘ziniki xayol qildimi, 2024 yilning  mart-aprel oylarida  119.780.000 so‘mlik bo‘lgan aviachiptalarni sotib,  kassaga kirim qilish o‘rniga o‘z ehtiyojlariga ishlatib yubordi.

Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.Ziyodullaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Barcha yangiliklar

Text to speech