14 Iyun 2024 Yil 1255

IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyi o‘quvchilari uchun davra suhbati tashkil etildi

Toshkent shahar IIBB MMI va KBTX tashabbusi bilan IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyi o‘quvchilari uchun muntazam ravishda davra suhbatlari, madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkillashtirib boriladi.

Jumladan, yaqinda psixologik taʼminlash guruhi mutaxassis psixologini jalb qilgan holda davra suhbati o‘tkazilib, litsey o‘quvchilari bilan maʼnaviy-axloqiy muhit, vatanparvarlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmatni yuksaltirish insonning eng asosiy xususiyatlari haqida suhbat olib borildi. Shuningdek, davra suhbati davomida mutaxassis psixologik trening o‘tkazdi. Treningdan ishtirokchilarni o‘z psixologik holatlarini nazorat qilish, stress holatlarida hissiyotlarni tushunish va boshqarishga o‘rgatish maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuv so‘ngida litsey o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan javoblar oldilar.

Barcha yangiliklar

Text to speech