18 Sentyabr 2024 Yil 144

IIO xodimalari o‘rtasida voleybol musobaqasi start oldi

Joriy yilning 17-20 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan musobaqada Toshkent shahar IIBB boshqarmalari va tumani IIO FMB larda xizmat qilayotgan ayol xodimalar birinchilik uchun o‘zaro bellashadi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV “JAR” sport-sog‘lomlashtirish kompleksida o‘tkazilayotgan musobaqaning birinchi kunida “A” (JTSB, Bektemir, Olmazor, Mirobod tumanlari) va "B" (Tibbiyot bo‘limi, Yakkasaroy, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek tumanlari) guruhidagi jamoalar kuch sinashdi. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan birinchi turda “A” guruhidan Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi va Olmazor tumani IIO FMB jamoalari, "B" guruhida esa Yakkasaroy va Mirzo Ulug‘bek tumanlari IIO FMB jamoalari yuqori ballarni to‘plab, keyingi bosqichga yo‘l olishdi.

Bugun 18 sentyabr kuni "S" (Yunusobod, Sergeli, Uchtepa, Chilonzor tumanlari) va "D" (IIBB Apparati, Shayxontohur, Yangihayot tumanlari) guruhi jamoalari o‘zaro bellashadi.

Siz ham o‘zingizning jamoangizni qo‘llab-quvvatlash uchun “JAR” sport-sog‘lomlashtirish kompleksiga tashrif buyurishingiz mumkin. 


Barcha yangiliklar

Text to speech