30 Sentyabr 2023 Yil 822

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar tomonidan seminar trening o‘tkazildi

Toshkent shahar IIBB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘limi xodimlari poytaxt “Mehr ko‘zda” markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminar treningda ishtirok etdi. Mazkur trening “O‘zbekistonda zo‘ravonlik xavfi ostida va zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fuqarolik jamiyati institutlarining salohiyatini oshirish" loyihasi doirasida o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent shahar IIBB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar, shahar hokimiyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi masʼullari, mahalla faollari ishtirok etdi. Ishtirokchilar trening davomida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi qabul qilingan xalqaro konvensiyalar va milliy qonunchilik, tazyiq va zo‘ravonlik turlari, ularni bartaraf etish hamda ularga qarshi kurashish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalar bilan tanishishdi.

Shuningdek, yetakchi mutaxassislar tomonidan mahalla qo‘mitalarining oiladagi zo‘ravonlikni oldini olish, xavf ostida bo‘lgan ayollarni yoki zo‘ravonlik qurbonlarini, nogiron ayollarni qo‘llab-quvvatlash, nizolarini hal qilish bo‘yicha salohiyatini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Barcha yangiliklar

Text to speech