XIZMATGA QABUL QILISH BOʻYICHA TANLOV EʼLON QILINADI
Tanlov tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son hamda 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qarorlari talablari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga serjantlik lavozimlariga oʻtkaziladi.
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar: - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi; - Toshkent shahrida doimiy roʻyxatda turishi; - Yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta boʻlmasligi; - Erkaklar muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni oʻtagan boʻlishi (zahiradagi ofitserlar tarkibi qabul qilinmaydi); - Oliy maʼlumotga ega boʻlishi.
Malaka oshirish institutining Kasbiy tayyorgarlik fakultetida Toshkent shahar ichki ishlar organlarining quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi: - Yoʻl-patrul faoliyati (boʻy erkaklar 175sm / ayollar 170sm); - Pasport tizimini taʼminlash faoliyati (boʻy erkaklar 165 sm / ayollar 160 sm); - Jamoat tartibini saqlash faoliyati (boʻy erkaklar 170 sm / ayollar 165 sm)
Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga serjantlik lavozimlariga kirish istagida boʻlgan fuqarolar quyidagi hujjatlari bilan 2025-yilning 16-yanvar kuniga qadar (soat 09:00 dan 17:00 gacha) Toshkent shahar IIBB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati Ichki ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilish markaziga (Toshkent shahar, Mirobod tumani, Said Baraka koʻchasi, 7-uy) quyidagi hujjatlar bilan kelishlari soʻraladi: - biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi doimiy yashash manzili bilan; - harbiy guvohnoma (erkaklar uchun); - oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom).
Eslatma: belgilangan kunlardan keyin murojaat etgan nomzodlar roʻyxatga kiritilmaydi.