24 Iyul 2024 Yil 1315

Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va'da qilgan shaxs firibgarlikda gumon qilinmoqda

Uchtepa tumani IIO FMBdan olingan ma'lumotga ko‘ra, Maxkam ismli noma'lum shaxs 36 yoshli Sirojiddin X.ga 1400 AQSh dollariga haydovchilik guvohnomasini olib berishga yordam berishni va'da qilgan. Noma'lum shaxs pullarni olib, bergan va'dasini bajarmagan. Pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi («Firibgarlik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi 40 yoshli Maxkam S. shaxsi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar, ogoh bo‘ling! Haydovchilik guvohnomasi sotib olinmaydi, balki imtixon topshirib, YHXX bo‘linmalarida beriladi!

Barcha yangiliklar

Text to speech