“Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasida Mirobod tumanida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Toshkent davlat transport universiteti talabalari bilan "Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash, psixotrop dori vositalarini iste’mol qilish hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Mirobod tumani IIO FMB hamda tuman prokuraturasi rahbariyati, mas’ul xodimlar, ta’lim muassasasining o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida mas’ul xodimlar tomonidan ishtirokchilarga tarkibida giyohvand modda bo‘lgan vositalarning zarari, keyingi paytda yoshlar o‘rtasida uchrayotgan giyohvandlik shakllari to‘g‘risida atroflicha tushuntirish berildi. Shuningdek, soha xodimlari tomonidan tadbir ishtirokchilariga talabalar o‘rtasida yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari to‘g‘risida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borishdi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.
Bu kabi tadbirlar poytaxtning barcha tumanlarida o‘tkazilib kelinmoqda.