19 Noyabr 2024 Yil 977

Hamkorlik istiqbollari

Xitoy xalq respublikasi Pekin politsiya Akademiyasi boshlig‘i Vu Vey boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahar IIBBga tashrif buyurdi. Poytaxt IIBB boshlig‘i, general-mayor Aziz Tashpulatov bilan o‘tkazilgan uchrashuvda jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida tajriba almashish, huquq-tartibot organlari faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, hamkorlikda malaka oshirish kurslarini tashkillashtirish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mehmonlar Bosh boshqarma Yagona tezkor boshqaruv markazida bo‘lishib, bu yerda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy texnologiyalar, xodimlarning ish uslublari bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadilar. Delegatsiya aʼzolari Axborot multimedia markazida ham bo‘lib, poytaxt IIBB faoliyatining yoritilishi, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotning yo‘lga qo‘yilgani, axborot va xabarlarning o‘z vaqtida jamoatchilikka yetkazilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar ularda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, xodimlarning faoliyatiga bag‘ishlab ishlangan  video rolikni tomosha qilgan mehmonlar, tarjimasiz ham uni tushunib olganlarini mamnuniyat bilan qayd etishdi. Poytaxt Bosh boshqarmasida tashkil etilgan  Ichki ishlar tizimining ilk faoliyatidan boshlab shu kunigacha hikoya qiluvchi “Shon-sharaf” muzeyi, muzey  eksponatlari hamda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida mardona halok bo‘lgan xodimlarga ko‘rsatilgan chuqur ehtirom ularning eʼtirofiga sazovor bo‘ldi.  Nufuzli mehmonlarning yurtimizga tashrifi davomida ichki ishlar vazirligi tizimidagi boshqa yo‘nalishlar bilan ham yaqindan tanishishdi. Kelgusida Pekin politsiyasi Akademiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib olindi.

Barcha yangiliklar

Text to speech