2 Oktyabr 2024 Yil 409

Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi doirasida o‘quv muassasalarida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Bektemir tumani IIO FMB tashabbusi bilan I.M.Gubkin nomli Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali qoshidagi ixtisoslashgan akademik litseyda Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda litsey o‘quvchilari va o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Xodimlar talabalarni giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan qonuniy choralar bilan tanishtirdi. Ular qonunga rioya qilish, giyohvandlik bilan bog‘liq oqibatlardan xabardor bo‘lish muhimligini taʼkidladilar.

Bektemir tumani narkologiya markazi shifokori ham maʼruza o‘qib, giyohvand moddalarning inson organizmiga salbiy taʼsiri haqida gapirdi. Mutaxassis salomatlik va psixo-emotsional holat bilan bog‘liq asosiy jihatlarni taʼkidladi.

Tadbir so‘ngida talabalarga “Giyohvandliksiz porloq kelajak sari” shiori ostida taʼlim-tarbiya olish zarurligi eslatilib, ularni giyohvandlikka qarshi kurashish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda faol ishtirok etishga chaqirildi. 


Barcha yangiliklar

Text to speech