5 Oktyabr 2024 Yil 80

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar, kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yilmoqda

2024 yilning 20 sentyabr kunidan 20 oktyabr kuniga qadar Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish oyligi doirasida bir qator natijalarga erishilmoqda. Jumladan,


tadbir boshidan:


- 29 kg 486 gr giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar,


- 8 547 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari


tegishli tartibda rasmiylashtirilib olindi.


- 94 ta giyohvandlik moddalari va kuchli taʼsir qiluvchi dori-vositalarini yashirish yo‘li bilan tarqatish ("zakladka") holatlari aniqlandi.


- bu turdagi jinoyatlar yuzasidan 260 tadan ziyod jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qonun ustuvorligi taʼminlandi.


Oylik doirasida o‘tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlar davom etmoqda.


Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari! Siz ham ushbu oylik doirasida faol ishtirok etishingizni so‘raymiz. Giyohvandlik moddalari yoki kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanuvchilar, shuningdek narkograffiti yozuvlarini yozib ketuvchi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega bo‘lsangiz, hududiy profilaktika inspektoriga, yaqin oradagi IIBga, https://t.me/stopnarko_bot telegram boti yoki @murojaat_narko2024 telegram akkaunti orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Barcha yangiliklar

Text to speech