Ma'lumki, joriy yilning 5 martidan 9 martiga qadar Italiya davlatining Lido-di-Yezolo shahrida sportning kikboksing turi bo‘yicha “Italian World Cup 2025” jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston Kikboksing terma jamoasi tarkibida qatnashgan 28 nafar sportchilar yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi. Keskin va qiziqarli o‘tgan bellashuvlarda sportchilarimiz 11 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Sovrindorlar qatorida O‘zbekiston Respublikasi IIVning 1-sonli Toshkent akademik liseyining 201-guruh o‘quvchisi Miraziz Ortiqov “Full Contact” yo‘nalishida tengsiz ekanligini isbotlab, g‘oliblik shohsupasining birinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. Oltin medal sohibi Miraziz Ortiqovni g‘alaba bilan muborakbod etib, uning kelgusi o‘qish va sport faoliyatida muvaffaqiyat hamda ulkan zafarlab tilab qolamiz.