14 Sentyabr 2024 Yil 390

Futzal boʻyicha jahon chempionatida xavfsizlikni taʼmilanlash choralari koʻrilmoqda

2024 yilgi Futzal bo‘yicha Jahon chempionati mezbonligi FIFA tomonidan aynan O‘zbekistonga ishonib topshirilganligi, bu - yurtimizga bo‘lgan ishonchning yuksak namunasidir.

Futzal bo‘yicha dunyo mundialining hal qiluvchi uchrashuvlari joriy yilning 14 sentyabr va 6 oktyabr kunlari uchta shaharda o‘tkaziladi. Bular poytaxtimiz Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlaridir.

Toshkent sharhidagi "Humo arena" sport majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Futzal bo‘yicha jahon chempionatini yuqori saviyada o‘tkazish, sportchilar va sport ishqibozlarining xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha poytaxt iibb hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda barcha choralar ko‘rilmoqda.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, DXX va Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi boshliqlari chempionat boshlanishi oldidan xavfsizlik choralarini yana bir bor tekshirib chiqishdi. Favqulodda chiqish yo‘laklari, turniketlar, kuzatuv kameralari qaytadan ko‘zdan kechirildi. Poytaxt IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov tomonidan sport majmualari hududiga kirish-chiqish joylarida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlari yuzasidan masʼul xodimlarga zaruriy topshiriqlar berildi.

Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari! Tarixda o‘ninchi bora tashkil etilayotgan, Markaziy Osiyoda ilk bora o‘tkazilayotgan Futzal bo‘yicha jahon chempionatini yuqori saviyada o‘tishini taʼminlash maqsadida Sizlardan jamoat tartibiga qatʼiy rioya qilishingizni, musobaqa o‘tkazilayotgan hududga faqatgina chipta orqali kirish mumkinligini unutmasligingizni so‘rab qolamiz. Faqatgina akkreditatsiyadan o‘tgan OAV vakillari sport musobaqasini yoritish uchun o‘yin o‘tkaziladigan hududga kiritilishi mumkinligini maʼlum qilamiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech