13 Sentyabr 2024 Yil 869

Futzal bo‘yicha FIFA-2024 o‘yinlariga O‘zbekiston mezbonlik qiladi

Hurmatli poytaxt aholisi va mehmonlari Futzal bo‘yicha 2024 yilgi FIFA jahon chempionatiga O‘zbekistonning uch shahri — Toshkent, Buxoro va Andijon mezbonlik qiladi. Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tadigan mazkur turnir 14 sentyabrda boshlanib, 6 oktyabrgacha davom etishi rejalashtirilgan. 


Shu munosabat bilan 14-sentyabrdan, 6-oktyabrgacha Humo arena sport majmuasiga tashrif buyuruvchi mehmonlar va muxlislarning xavfsizligini taʼminlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida vaqti-vaqti bilan quyida keltirilgan ko‘chalarda transport vositalarining harakati qisman cheklanadi. 


Furqat - Beshyog‘och ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab, Beshyog‘och - Afrosiyob ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

Beshyog‘och - Afrosiyob ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab, 

Islom Karimov - Afrosiyob ko‘chalari kesishgan chorrahasiga ko‘chasigacha hudud yopiladi.


Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yo‘llardan harakatlanishlarini va yurtdoshlarimizdan jamoat transportlaridan foydalanishlarini tavsiya etamiz. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz

Barcha yangiliklar

Text to speech