9 Sentyabr 2024 Yil 800

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi ID-kartasi topshirildi

Mamlakatimizda inson va uning qadri ulug‘langan. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi arafasida - 30 avgust kuni "O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tiklash to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilingan edi. Unga asosan fuqaroligi bo‘lmagan bir nechta shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi berildi. Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi ana shunday fuqarolarning bir nechtasiga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi ID-kartasi tantanali ravishda topshirildi. Chilonzor tumani IIO FMBda bo‘lib o‘tgan tadbirda tuman IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik Nematullo Xaydarov ushbu fuqarolarga ID-kartasini topshirar ekan, kelajakda yurtimiz siyosiy hayotida faol ishtirok etishlari va xalqimiz uchun yaratilayotgan barcha sharoit va imkoniyatlardan foydalanishlarida omadlar tiladi.

Ular yurtimizda olib borilayotgan insonparvarlik siyosatini eʼtirof etib, bunday imkoniyatdan mamnun bo‘lib, o‘zlarining chuqur minnatdorligini bildirdi. 


Barcha yangiliklar

Text to speech