16 Noyabr 2024 Yil 1181

Energetika xavfsizligi oyligi doirasida Mirobod tumanida olib borilayotgan profilaktik ishlar haqida

Maʼlumki, noyabr oyi "Energetika xavfsizligi oyligi" deb eʼlon qilingan. Qish mavsumini betalofat o‘tkazish, tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishni oldini olish, isteʼmolchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida tashkil etilgan oylik davomida Respublika shtabi, hududiy va tuman, shahar ishchi guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bu tadbirlar poytaxtda ham keng amalga oshirilmoqda.

Jumladan, kuni kecha Toshkent shahar IIBB, prokuratura, hududiy elektr tarmoqlari va tumangaz taʼminoti xodimlaridan iborat ishchi guruh aʼzolari poytaxtimizning Mirobod tumanida tezkor o‘rganish tadbirlarini amalga oshirdi.

Nazorat tadbirlari tuman hududida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida olib borildi. Bu yerda ishchi guruh aʼzolari tomonidan xonadonlardan birining elektrhisoblagichi ko‘zdan kechirildi. Bu jarayonda hisoblagichning maxsus muhri buzilib, elektr energiyasi taʼminotidan foydalanishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, xonadon egalari tomonidan yo‘lak kiraverishidagi qurilma tadbirkorlik uchun o‘zlashtirilib, tikuv xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt sifatida faoliyat yuritib kelayotgani maʼlum bo‘ldi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, aholiga xizmat ko‘rsatish yaxshi albatta. Biroq har qanday tadbirkor elektr resurslaridan foydalanishda o‘rnatilgan talab va meʼyorlar borligini unutmasligi kerak. Axir elektr energiyasidan foydalanishda to‘lovlar jismoniy va yuridik shaxslar uchun alohida tariflarda amalga oshiriladi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan Mirobod tumani elektr tarmoqlari korxonasi yuridik bo‘limi hamda profilaktika inspektori tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirildi.


Barcha yangiliklar

Text to speech