3 Oktyabr 2024 Yil 304

Yoshlar o‘rtasida giyohvand moddalar tarqalishiga qarshi kurashishga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda giyohvandlik bizning davrimizning global muammolaridan biri hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda mamlakatimizda ushbu illatga qarshi kurashish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, afsuski ularning qurbonlari ko‘pincha yoshlardir. Toshkent shahar IIBB tomonidan bu yo‘nalishda muayyan ishlar olib borilmoqda.


Kuni kecha Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi doirasida Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Giyohvandlik umr zavoli” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir Yunusobod tumani IIO FMB hamda IIV Akademiyasi hamkorligida tashkil etildi.


Maʼruzachilar nega giyohvand moddalarni isteʼmol qilmaslik kerakligi, ayanchli oqibatlarga olib keladigan moddalarning noqonuniy aylanishi qanday huquqiy oqibatlarga olib kelishi haqida gapirib berishdi. “Giyohvandlikka ruju qo‘ygan” tengdoshlarining taqdiri qanday kechgani haqida misollar keltirildi, giyohvandlik vositalarini sotish, saqlash yoki kontrabanda qilish uchun uzoq muddatga hukm qilingan shaxslar haqida so‘zlab berildi.


Tadbirda ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, savollar bilan murojaat qilishdi.


Xuddi shunday tadbir O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida hamda tumandagi maktablarda ham o‘tkazilib, tuman IIO FMB xodimlari o‘quvchilarga giyohvandlik va kuchli taʼsir etuvchi vositalarning yoshlar salomatligi va kelajagiga salbiy taʼsiri haqida so‘zlab berdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech