13 Sentyabr 2024 Yil 960

Yoshlar muammolari yechim topmoqda

Poytaxt 3-sektor rahbarlari hududida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan bevosita uchrashib, muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida muntazam ravishda sayyor qabullar o‘tkazib kelmoqda. Shunday qabullardan biri Shayxontohur tumani IIO FMB boshlig‘i polkovnik Otabek Jamolov tomonidan 3-sektordagi mahallalarda o‘tkazildi.


20 nafardan ortiq yoshlarning murojaati 3-sektor rahbari tomonidan o‘rganildi, har bir murojaat nazoratga olinib, hal etish choralari ko‘rildi. Jumladan, Ko‘kcha Darvoza mahallasida yashovchi Ismoil Komilov, shuningdek, Sarxumdon mahallasida yashovchi Diyora Raximova oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lganligi sababli oliy taʼlim muassasasi o‘quv kontraktini to‘lashga imkoni yo‘qligini bildirib, to‘lovni amalga oshirishda amaliy yordam so‘radi. Ularning murojaati mahalladagi yoshlar yetakchilari va tuman Vasiylik kengashi bilan hamkorlikda ijobiy hal etildi. Yoshlar oliy o‘quv yurtida o‘qishini bemalol davom ettiradigan bo‘ldi.


Kattaxovuz mahallasida yashovchi Dilobar Xusanova esa xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqishi borligini, biroq maxsus kurslarga qatnashga moddiy jihatdan imkoni yo‘qligini maʼlum qildi. Uning ham murojaati ijobiy yechim topdi, endilikda Dilobar o‘zi qiziqqan ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha o‘quv markazida tahsil oladi.  


Bu kabi sayyor qabullar 3-sektor rahbarlari tomonidan barcha mahallalarda o‘tkazib kelinmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech