3 Aprel 2025 Yil 586

DIQQAT, TANLOV!

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 24-martdagi 118-sonli farmoyishi asosida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” doirasida ichki ishlar organlarida ko‘p yillar samarali xizmat qilgan xodimlarning hayoti va faoliyati, ularning ijobiy tajribalari to‘g‘risida “Kasbidan baxt topganlar” mavzusida maqolalar tanlovi o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Tanlovga xodimlarning hayoti va faoliyatidagi qiziqarli voqealarga asoslangan 3-5 varaq hajmdagi maqolalar Toshkent shahar IIBB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati tomonidan qabul qilinib, “Postda - Na postu” gazetasida e’lon qilinishi uchun yuboriladi.
Ishtirokchilarning yoshi, kasbi, ijtimoiy mavqeyi chegaralanmagan.

Tanlovga materiallar joriy yilning 10-aprel kuniga qadar qabul qilinadi. G‘oliblar moddiy rag‘batlantiriladi.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: