20 Sentyabr 2023 Yil 292

DIQQAT: QIZIL RANGLI YO‘L, HUSHYORLIKNI OSHIR!

Sir emaski, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga qaramasdan yo‘llarimizda nafaqat kattalar, balki bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari ko‘plab uchramoqda. 

Yaqinda ana shu fojiali holatlarning oldini olish maqsadida Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasi YHXB tomonidan yaxshi tashabbusga qo‘l urildi. Bolalarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida poytaxt hududida joylashgan barcha maktablar yonidagi yo‘llarga Janubiy Koreya tajribasi asosida qizil rangdagi maxsus yo‘l belgilari va yotiq chiziqlari chizilishi yo‘lga qo‘yildi.

– Bu juda yaxshi tashabbus bo‘ldi, – deydi ota-onalar nomidan Mirhaydar Tursunov. – Ilgari farzandim o‘qiydigan maktab oldidagi yo‘lda 30 km/soat tezlikdan oshirib harakatlanish taqiqlanadi yo‘l belgisi bo‘lsa-da, ko‘plab haydovchilar bunga amal qilmasdi. Natijada, tezlikni oshirib harakatlangani uchun noxush holatlar ham kuzatildi. Endilikda esa qizil rang chizilgan belgilar haydovchilarga darrov ta’sir qilyapti. Har holda yo‘l belgilari haydovchilarni hushyor torttirib, tezlikni kamaytirishiga sabab bo‘lyapti.


Sarvar SOBIROV, o‘z muxbirimiz.

© POSTDA – На посту 

Barcha yangiliklar

Text to speech