Diqqat eʼlon! Hurmatli shahrimiz aholisi va mehmonlari!
Joriy yilning 10 iyun kunidan “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi”da texnik profilaktik ishlar olib borilmoqda. Shu sababli Toshkent shahar IIBB YHXB "Maʼmuriy amaliyot" va “Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimida uzilishlar yuzaga kelmoqda.
Shuningdek, Toshkent shahar IIBB MvaFRBning quyidagi tizimlarida uzilishlar kuzatilmoqda: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga hamda O‘zbekiston Respublikasida doim yashovchi chet el fuqarolariga identifikatsiya ID karta berish; fuqarolarni hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni, shuningdek mamlakatimizda doimiy yashovchi chet el fuqarolarini doim yashash manzili bo‘yicha ro‘yxatga olish; vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash manzili hamda vaqtincha turgan manzili bo‘yicha ro‘yxatga olish.