28 Avgust 2023 Yil 1995

Davlat mukofoti bilan tabriklaymiz!

«O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan, mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi alohida xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish, qonun ustuvorligi va tinchlikni taʼminlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi sharafli burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani, sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar orden va medallar bilan mukofotlansin:

“Do‘stlik” ordeni bilan

Pak Stanislav Yuryevich — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Ekspert kriminalistika markazi boshlig‘i

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Taymuratova Gulchexra Amonovna — Toshkent shahar Olmazor tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, mamlakatimizda sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, yurtimizning xalqaro maydondagi shon-shuhratini yuksaltirishga qo‘shgan katta hissasi, sport sohasiga qaratilayotgan eʼtibor va yaratilgan sharoitlardan samarali foydalangan holda, o‘zining azmu shijoati va yuksak mahorati bilan nufuzli musobaqalarda ulkan natijalarga erishib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgani, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, milliy, umumbashariy qadriyatlar ruhida yetuk va barkamol etib tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun mukofotlansin:

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan,

leytenant Xaloqov Abdumalik Anvar o‘g‘li — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, Toshkent shahar IIBB xodimi.

Yuksak mukofot bilan hamkasblarimizni butun shaxsiy tarkib nomidan tabriklaymiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech