25 Iyul 2024 Yil 1392

Birovgamas o‘zingizga ishoning!

Oliy o‘quv yurtlarida test sinovlarini o‘tkazish jarayonida nopok kimsalar tomonidan fuqarolarning ishonchiga kirib, chuv tushirish holatlari yo‘q emas. Masalan, keng  tarqalgan usullardan biri –  test savollariga to‘g‘ri javoblar ro‘yxatini taklif  qilish. Sergeli tumani IIO FMB navbatchilik qismi xabariga ko‘ra  nomaʼlum shaxs 23 yoshli J.Islomning ishonchiga kirib, poytaxt oliygohlarining biridagi test savollariga to‘g‘ri javoblar ro‘yxatini topib berishni vaʼda qiladi. Jabrlanuvchi uning hisob raqamiga 885 096 so‘mni o‘tkazgach, u umuman aloqaga chiqmay qo‘ygan.  O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, firibgar 22 yoshli X.Otabek ekanligi maʼlum bo‘ldi. Mazkur  ish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Shu o‘rinda  oliygohlarga kirish istagida bo‘lgan yoshlarga har xil kimsalarning vaʼdalariga ishonavermay, o‘z bilimingiz kuchiga ishonishingizni tavsiya qilgan bo‘lardik.


Barcha yangiliklar

Text to speech