17 Avgust 2022 Yil 6336

Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegasiyasi rasmiy tashrif bilan Toshkent shahriga keldi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlari Kengashida ishtirok etish uchun Belarus Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenanti Ivan Kubrakov boshchiligidagi delegasiya Toshkent shahriga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib, uning faoliyati va o‘quv xonalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Shuningdek, delegasiya a'zolari Uchtepa tumanidagi huquq-tartibot maskani faoliyati bilan ham tanishib, mehmonlarga ish uslublari, istiqboldagi rejalar haqida so‘zlab berildi. So‘ngra mehmonlar poytaxtimizning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildilar, xususan, Markaziy Osiyodagi eng go‘zal va eng baland teleminoralardan biri – Toshkent teleminorasiga tashrif buyurdilar.
Hozirda Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegasiyasining Toshkent shahriga tashrifi davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech