31 Oktyabr 2024 Yil 481

Bektemir tumanida jinoyat muhokamasi o‘tkazildi

Bektemir tumanida sodir etilgan talonchilik jinoyati jamoatchilik vakillari o‘rtasida muhokama qilindi. Unda Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Baxodir Anvarov, tuman IIO FMB rahbariyati va masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Muhokama yig‘ilishida joriy yilning 26 oktyabr kuni taxminan soat 14.30 larda Nurafshon mahallasida sodir etilgan talonchilik jinoyatining kelib chiqish sabablari va oqibatlari tahlil qilindi. Yig‘ilish davomida tuman IIO FMB xodimlari bu kabi jinoyatlarning oldini olishda “xonadonboy”, “fuqarobay” usulda ish olib borishni kuchaytirish kerakligi, ko‘cha va boshqa jamoat joylarida xizmat olib borayotgan xodimlar har bir holatga eʼtiborli bo‘lishi lozimligi, fuqarolar ham bu kabi holatlarga guvoh bo‘lganda zudlik bilan IIOga xabar berishi kerakligi taʼkidlandi. Har qanday sodir etilgan jinoiy qilmish jazosiz qolmasligi alohida taʼkidlandi. Kelgusida bunday salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.So‘zga chiqqan mahalla faollari o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida so‘z yuritildi. 


Barcha yangiliklar

Text to speech