24 Aprel 2024 Yil 1028

Bektemir tumani sektorlar faoliyati monitoring qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali rahbari Shoxrux Mamadjanov hamda sektor rahbarlari, tuman Xalq qabulxonasi rahbari va tegishli mutasaddilar tomonidan Bektemir tumani sektorlari faoliyati tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida ishchi guruh tumanning har 4 ta sektor shtabida bo‘lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, sektor masʼullari bilan yig‘ilish o‘tkazilib, Vazirlar Mahkamasining “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror hamda “samaradorlik.uz” elektron platformasining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Ularga kelgusi vazifalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech