Toshkent shahar IIBBda ayollarni himoya qilish va ularga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tashabbusi bilan shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Toshkent shahar hududiy markazi rahbarlari hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga Prezidentning "Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarorining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Mazkur qaror ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va zo‘ravonlikka uchragan ayollar uchun xavfsiz muhit yaratishga qaratilganligi taʼkidlandi.
Shuningdek, yig‘ilganlarga qarorda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Bunda turli davlat organlarining ijtimoiy himoya qilish va jabrlanganlarni reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini samarali amalga oshirishni taʼminlash bo‘yicha hamkorlikda ish olib borishi zarurligi taʼkidlandi.